Joriy yilning 11.12.2025 sanasida akademik litseyning 107-guruhida 3-juftlik davomida “Правописание окончаний имён существительных и прилагательных” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
🔹 Ochiq darsning asosiy maqsadi — o‘quvchilarga ot va sifatlarning turli kelishiklarda va rod shakllarida qo‘llanish qonuniyatlarini tushuntirish, ularning mazmuniy farqlarini amaliy misollar orqali ko‘rsatish, shuningdek, grammatik fikrlashni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
🔹 Mashg‘ulot davomida talabalar interaktiv topshiriqlar, matnlar bilan ishlash, juftlik va guruhli faoliyatlar orqali mavzuni chuqur va tizimli o‘zlashtirdilar. Mini-debatlar, grammatik kvestlar va mantiqiy savollar o‘quvchilarni faol fikrlashga undadi va o‘z nuqtayi nazarini asoslab berish ko‘nikmasini mustahkamladi.
Dars yuqori metodik saviyada o‘tdi. O‘quvchilarning mavzuni amaliy qo‘llashdagi faolligi, grammatik analiz qilish ko‘nikmalarining rivojlangani hamda darsga bo‘lgan qiziqishining oshgani kuzatildi.




