Joriy yilning 19-dekabr sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyida o‘quvchilarning oliy ta’lim muassasalariga tayyorgarlik darajasini baholash maqsadida navbatdagi diagnostik test sinovlari o‘tkazildi.
Sinov jarayoni ochiq, shaffof va adolatli o‘tishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi. O‘quvchilarga belgilangan vaqt davomida turli yo‘nalishlardagi test topshiriqlari taqdim etildi.
Ma’lumot o‘rnida, litseyda bunday diagnostik testlar har oy muntazam tashkil etib boriladi. Ushbu tizim:
o‘quvchilarning bilim darajasini doimiy nazorat qilish,
ularning tayyorgarlik jarayonini monitoring qilish,
kuchli va zaif tomonlarini aniqlashga ko‘maklashadi.
Ushbu yondashuv, o‘quvchilarning kelgusida OTMlarga muvaffaqiyatli kirishi uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.




