Joriy yilning 12-dekabr kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Ichki ishlar organlarining ma’muriy faoliyati kafedrasi boshligʻi, yuridik fanlar nomzodi, professor podpolkovnik Qodirov Umidjon Abdumuratovich, shu kafedra katta oʻqituvchisi, yuridik fanlari boʻyicha falsafa doktori mayor Nishanov Eldorjon Muzaffarovich, Sirdaryo viloyati IIB Tergov boshqarmasi kadrlar bilan ishlash guruhi katta inspektori mayor Bekmurodov Abduvohid Abdumannon o‘g‘li hamda Sirdaryo tumani Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik Abdullayev Oybek Turgʻunovichlar ishtirokida 2-kurs o‘quvchilari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbati davomida:
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga o‘qishga nomzodlar tanlovining tartibi
O‘quv jarayonining bosqichlari va talablari
Akademiyada tahsil olishning afzalliklari
kabi masalalar yuzasidan maʼlumotlar berildi.
O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi va mazmunli javoblar olishdi.




