IIV Sirdaryo akademik litseyida o‘quvchilarning bilim darajasini oshirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, ona tili va adabiyot fani ustozlarining fidokorona mehnati yuksak natijalar bilan e’tirofga loyiq.

Joriy yilda mazkur fan yo‘nalishida 33 nafar o‘quvchi milliy sertifikatga ega bo‘ldi.

  • 1 nafar o‘quvchi — B+ daraja
  • 7 nafar — B daraja
  • 10 nafar — C+ daraja
  • 15 nafar — C daraja

Bu ko‘rsatkichlar ustozlarimizning mashaqqatli mehnati, o‘quvchilarning esa intilish va fidoyiligidan dalolat beradi.
Ona tili va adabiyot fani o’qituvchimiz Nodira Sultonnazarova ham sertifikatini A+daraja bilan yangiladi.
Mehnati samara bergan barcha ustoz va o‘quvchilarni chin dildan tabriklaymiz!
Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *