2025-yil 10-dekabr kuni Huquqiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi boshlig‘i U.A. Qlichev, huquq fani o‘qituvchilari Sh. Xusanov va S. Ibrohimovlar ishtirokida
O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilinganligining 33 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida quyidagi masalalar yoritildi:
Davlat madhiyasining mazmuni va tarixiy yaratilish jarayoni
Madhiyada o‘z ifodasini topgan vatanparvarlik g‘oyalari, milliy birlik va yurt ravnaqi yo‘lidagi da’vatlar
Yoshlarning qalbida Vatanga sadoqat, davlat ramzlariga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash
Tadbir davomida o‘quvchilarga madhiyamizning ma’naviy-ruhiy ahamiyati batafsil tushuntirildi hamda ular o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.




