2025-yil 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Boyovut tumanidagi 15-son umumta’lim maktabida IIV Sirdaryo akademik litseyi fransuz tili fani o‘qituvchisi Malikova Tashbuvi tashabbusi bilan o‘quvchilar o‘rtasida. “Konstitutsiya — baxtimiz qomusi” mavzusida insho va rasm tanlovini o‘tkazdi.



🔹 Ishtirokchilar mamlakatimiz Konstitutsiyasining ahamiyati, unda belgilangan huquq va erkinliklar, shuningdek, Vatanimiz taraqqiyotidagi o‘rni haqida o‘z ijodiy qarashlari bilan qatnashdilar.
🔹 Tanlov davomida o‘quvchilar bilim, dunyoqarash va ijodiy yondashuvi bilan ajralib turdilar.
🎉 Tadbir yakunida g‘oliblar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

