2025-yil 6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan IIV Sirdaryo akademik litseyida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 🇺🇿📘

Tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchilarda konstitutsiyaviy ongni shakllantirish, huquqiy madaniyatni mustahkamlash, shuningdek, Vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyatini oshirishga qaratildi.

Uchrashuv davomida o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, demokratik tamoyillari, inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlovchi normalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir:

yoshlarni qonunlarga hurmat bilan yondashishga,

o‘z huquq va burchlarini anglashga,

davlat ramzlari va milliy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.

Konstitutsiya – davlat mustaqilligi, erkinlik va adolatning bosh kafolati ekanligi yana bir bor ta’kidlandi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *