2025-yil 6-dekabr kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida 1-kurs o‘quvchilari o‘rtasida “Konstitutsiya – bilimdoni” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.
Tanlovda har bir guruhdan 2 nafardan o‘quvchi ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oid bilimlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Ishtirokchilar konstitutsiyaviy normalar, fuqarolik burchlari va asosiy tamoyillar yuzasidan savollarga javob berish jarayonida faollik va tayyorgarlik ko‘rsatdilar.
⭐️ Tanlov natijalari quyidagicha:
🥇 1-o‘rin — 105-guruh o‘quvchisi Abdurashidov Alibek
🥈 2-o‘rin — 104-guruh o‘quvchisi Abdusamatov Bahodir
🥉 3-o‘rin — 105-guruh o‘quvchisi Yusufjonov Shohjahon
📌 Tadbir o‘quvchilarning huquqiy ongini yuksaltirish, Konstitutsiyaga hurmat ruhini mustahkamlash hamda mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.




