Joriy yilning 4-dekabr sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyi “Tillarni o‘rganish” kafedrasi tomonidan 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan insholar tanlovi tashkil etildi. ✍️🇺🇿
Tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchilar ongida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, undagi asosiy tamoyillar, fuqarolik burchi va huquqiy qadriyatlar haqida chuqur tushuncha shakllantirish, shuningdek, mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.


Yakuniy natijalar:
1-o’rin (107-guruh) Allamurodov Jumaboy;
2-o’rin (108-guruh) Bozorova Mohinur;
3-o’rinni (107-guruh) Djurayeva Sabrinalar qo’lga kiritishdi.
Tanlov davomida o‘quvchilar mamlakatimiz Konstitutsiyasining ahamiyati, unda belgilangan inson huquqlari, erkinliklari va demokratik tamoyillar haqida o‘z bilimlarini badiiy, mantiqiy va ijodiy tarzda ifodalab berishdi.



