Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishi asosida akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida voleybol sport turini ommalashtirish, iste’dodli yosh sportchilarni saralab olish hamda ularning jismoniy faolligini oshirish maqsadida Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari va Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘g‘il bolalar jamoalari o‘rtasida “Vazir kubogi” musobaqasining hududiy bosqichlari tashkil etildi.

📅 2025-yil 3–4-dekabr kunlari
📍 Toshkent viloyati, Chirchiq shahri
🏫 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

“A” guruh jamoalari o‘rtasidagi bellashuvlarda quyidagi ta’lim muassasalari ishtirok etdi:

  • IIV 1-sonli Toshkent akademik litseyi
  • IIV 2-sonli Toshkent akademik litseyi
  • IIV Sirdaryo akademik litseyi
  • IIV Jizzax akademik litseyi

Musobaqalar yuqori saviyada, qizg‘in va keskin ruhda o‘tdi. Har bir jamoa o‘zining texnik mahorati, jamoaviy o‘yin uyg‘unligi va yuksak sport tayyorgarligini namoyon etdi.

Yakuniy natijalar:
1-o‘rin — IIV Sirdaryo akademik litseyi
2-o‘rin — IIV 2-sonli Toshkent akademik litseyi

Mazkur jamoalar “A” guruhida eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etib, “Vazir kubogi”ning respublika bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritdilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *