Joriy kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida 2-bosqich o‘quvchilari uchun IIV Akademiyasiga o‘qishga kirish tartibi bo‘yicha maxsus tanishtiruv tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbir IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh. Isanov tomonidan o‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga:
📌 IIV Akademiyasiga kirish uchun qo‘yiladigan talablar,
📌 hujjatlarni topshirish va rasmiylashtirish bosqichlari,
📌 dastlabki saralash jarayoni,
📌 yozma va og‘zaki imtihonlar tartibi,
📌 jismoniy tayyorgarlik me’yorlari
kabi muhim ma’lumotlar batafsil tushuntirib berildi.


Shuningdek, tadbirda litseyning sobiq bitiruvchilari, hozirda Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlar ishtirok etib, akademiyadagi o‘qish jarayoni, kursantlik hayoti va xizmat faoliyati yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi. 👮♂️💬
📚 Tadbir o‘quvchilarning kelajak kasbiy yo‘nalishini aniq belgilashga, mas’uliyat va motivatsiyasini oshirishga xizmat qildi.



