2025-yil 4-dekabr kuni Mirzaobod tumani 25-maktabida o‘quvchilar o‘rtasida “Konstitutsiya bilimdoni” mavzusida viktorina o‘tkazildi.
Ushbu tadbir IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘qituvchilari — PhD Qlichev U. , tarix fani o‘qituvchisi Boboev B. hamda ona tili fani o’qituvchisi Mamatqulova N. tomonidan tashkil etildi. O‘qituvchilar o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, undagi asosiy modda va tamoyillar, fuqarolarning huquq va burchlari haqida batafsil tushuntirishlar berishdi.
Viktorina davomida o‘quvchilar:
Konstitutsiyaga oid savollarga javob berishdi;
huquqiy bilimlarini mustahkamlashdi;
mustaqil fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Tadbir o‘quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirishga, Konstitutsiyaga bo‘lgan hurmat va qiziqishni kuchaytirishga xizmat qildi.




