Joriy yilning 1-dekabr kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida o‘quvchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Tadbir litsey jamoasida bilim, tafakkur va tezkor fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar mantiqiy savollar, tezkor topshiriqlar va murakkab vazifalar orqali o‘z bilimlarini sinab ko‘rishdi. O‘yin jarayoni raqobatbardosh ruhda kechib, ishtirokchilar o‘z bilim va malakalarini faol namoyish etdilar.

🏆 Musobaqa natijalari:

🥇 1-o‘rin: 203-guruh jamoasi

🥈 2-o‘rin: 103-guruh jamoasi

🥉 3-o‘rin: 101-guruh jamoasi

Ushbu intellektual o‘yin o‘quvchilarni o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishga undadi va ularni yanada faol, izlanishga tayyor hamda bilimga chanqoq bo‘lishga rag‘batlantirdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *