Joriy yilning 8-dekabr Konstitutsiya kuni munosabati bilan, 27–28 noyabr kunlari IIV Sirdaryo akademik litseyi o‘quvchilari o‘rtasida voleybol musobaqasi tashkil etildi. 🏐
Musobaqaning asosiy maqsadi — o‘quvchilarning darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, jamoaviy ruhini oshirish va sport ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida barcha jamoalar faol ishtirok etdi va do‘stona raqobat muhitida o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.
🏆 Natijalar:
🥇 1-o‘rin: 203-guruh jamoasi
🥈 2-o‘rin: 103-guruh jamoasi
🥉 3-o‘rin: 105-guruh jamoasi
Musobaqa “Umumta’lim fanlar” kafedrasi o‘qituvchilari Ashurov A., Niyazov N., Nizomov N. ishtirokida muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
G‘oliblarni tabriklaymiz va barcha ishtirokchilarni sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sport bilan muntazam shug‘ullanishga chaqiramiz.




