Joriy yilning 28-noyabr kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i, texnika fanlari nomzodi, professor Axmedov Olimjon Tursunboyevich tomonidan “Jadidchilik harakati” mavzusida ma’naviyat darsi tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar jadidchilik harakatining tarixi, maqsad va vazifalari, shuningdek o‘rta asrlardagi o‘zbek ma’rifati rivojida uning tutgan o‘rni haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar.



Professor Axmedov tadbir ishtirokchilariga jadidchilik harakati orqali yosh avlodning bilim va tafakkurini rivojlantirish, milliy qadriyatlar va madaniyatga hurmat ruhini shakllantirish, shuningdek, o‘quvchilarni tarixiy tafakkur bilan tanishtirish bo‘yicha muhim fikrlarni yetkazdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish imkoniga ega bo‘ldilar va professor tomonidan iqtidorli o’quvchilar esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi!

