IIV Sirdaryo akademik litseyida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda Sirdaryo tumani IIB JXX HPBning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, katta leytenant R. Riskulova ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida:
oilaviy zo‘ravonlikning turlari va oqibatlari,
uni oldini olish bo‘yicha huquqiy normalar,
voyaga yetmaganlarni himoya qilish mexanizmlari,
yordam so‘rash mumkin bo‘lgan tashkilotlar va ishonch telefonlari
haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir o‘quvchilarda zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, o‘z huquq va majburiyatlarini bilish hamda kerakli hollarda yordam so‘rash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.




