Yurtimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va ommaviy sportni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda mamlakatimizning barcha hududlarida sog‘lomlashtirish tadbirlari, yurish va yugurish marafonlari muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.

Joriy yilning 29-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Sirdaryo akademik litseyida “Sport – sog‘lom xalq, sog‘lom jamiyatning tayanchi va ustunidir” shiori ostida “5 000 qadam” yurish marafoni hamda ommaviy badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Tadbirda litsey o‘quvchilari va pedagog-o‘qituvchilari faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda sport orqali sog‘lom hayot kechirish g‘oyalarini amalda namoyon etdilar.

Mazkur tadbir yoshlarning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash, ularni sportga keng jalb etish va ijobiy ijtimoiy qadriyatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *