O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyat Kengashi, Mudofaa vazirligi faxriylar ishlari bo‘yicha viloyat Kengashi hamda Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik Kengashi hududiy bo‘limi mutaxassislari hamkorligida Sirdaryo tumanida joylashgan Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga qarashli harbiy qismda “Harbiy qismda bir kun” loyihasi o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda 100 nafardan ortiq O‘zbekiston Respublikasi IIV Sirdaryo akademik litseyi kursantlari hamda umumta’lim maktablari o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.
Loyiha davomida yoshlar harbiy qismning kundalik faoliyati, harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar, jangovar texnikalar va ularning qo‘llanilishi bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur tashabbus yoshlarning vatanparvarlik ruhini yuksaltirish, ular qalbida o‘z yurtiga sadoqat va mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi.
Vatan himoyachilari — faxrimiz!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *