O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyat Kengashi, Mudofaa vazirligi faxriylar ishlari bo‘yicha viloyat Kengashi hamda Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik Kengashi hududiy bo‘limi mutaxassislari hamkorligida Sirdaryo tumanida joylashgan Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga qarashli harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi IIV Sirdaryo akademik litseyi kursantlari ishtirokida “Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlar harbiylar bilan bevosita muloqotda bo‘lib, Vatan himoyasi, yoshlarning mas’uliyati, harbiy xizmatning jamiyatdagi o‘rni hamda bugungi kun yoshlaridan kutilyotgan vazifalar borasida fikr almashdilar.

Tadbir kursantlarda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, ularda yurt ravnaqi uchun mas’uliyat va daxldorlik tuyg‘usini yanada chuqurlashtirishga xizmat qildi.
Vatan kelajagi yoshlar qo‘lida!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *