26.11.2025 sanada Ingliz tili o‘qituvchisi Raxmonov Oybek tashabbusi bilan IIV Sirdaryo akademik litseyida xorijda ta’lim olishni maqsad qilgan o‘quvchilar uchun navbatdagi ma’rifiy seminar-trening o‘tkazildi.
Seminarni Raxmonov Oybekning shogirdi — Moliya instituti talabasi, FLEX dasturi orqali AQShning Mora High Schoolida bir yil davomida tahsil olgan Daler Nazarov olib bordi.
Trening davomida o‘quvchilarga:
🔹 AQSh universitetlaridagi grant va stipendiya dasturlari,
🔹 Ariza topshirish jarayonining bosqichlari,
🔹 Talab qilinadigan hujjatlar va til sertifikatlari,
🔹 FLEX dasturida ishtirok etish tajribalari,
🔹 Xorijdagi ta’lim muhiti va imkoniyatlar
haqida batafsil ma’lumotlar yetkazildi.
Uchrashuv o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va xorijiy oliygohlarda o‘qish istagini yanada kuchaytirdi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.




