Joriy yilning 26-noyabr sanasida Mirzaobod tumani 16-maktabining o‘quvchilari Ochiq eshiklar kuni munosabati bilan IIV Sirdaryo akademik litseyiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida o‘quvchilarga:
🔹 Litseyning ta’lim jarayoni va yo‘nalishlari
🔹 O‘quv binolari, laboratoriyalar va sport inshootlari
🔹 Kirish imtihonlari tartibi va baholash mezonlari
🔹 O‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar
haqida batafsil ma’lumot berildi.
O‘quvchilar litsey hayoti bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tadbir ularning kelajakda ta’lim maskanida o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.




