Tashrifning asosiy maqsadi — umumta’lim maktabi o‘quvchilarini litseydagi ta’lim jarayoni, qabul tizimi, mavjud yo‘nalishlar va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

O‘quvchilar uchun ekskursiya uyushtirilib, ularga:
— o‘quv laboratoriyalari,
— zamonaviy axborot texnologiyalari xonalari,
— sport zali,
— yotoqxona va kutubxona kabi infratuzilmalar batafsil ko‘rsatib o‘tildi.

Shu bilan birga, o‘quvchilarga litseyga kirish imtihonlari tartibi, baholash mezonlari, o‘quv jarayonining o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va mutaxassislar tomonidan ularga batafsil javoblar berildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *