Joriy yilning 26-noyabr sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyida Mirzaobod tumani 16-maktab o‘quvchilari ishtirokida o‘rtoqlik voleybol uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi —
- maktab va litsey o‘quvchilari o‘rtasida do‘stona hamkorlikni mustahkamlash,
- sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish,
- sport orqali ijobiy muhit yaratishdan iborat bo‘ldi.
O‘yin jarayonida ikki jamoa ham yuqori faollik, jamoaviy ruh va sport madaniyatini namoyish etishdi. Musobaqa do‘stona kayfiyatda, o‘zaro hurmat va samimiyat ruhida o‘tdi.




