O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Farmoni bilan belgilangan giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish, shuningdek ularning barvaqt oldini olishga qaratilgan 2025–2026-yillar uchun kompleks amaliy harakatlar milliy dasturi yuzasidan IIV Sirdaryo akademik litseyida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.


Tadbirda Milliy tiklanish demokratik partiyasi Sirdaryo viloyati kengashi rais o‘rinbosari N.J. Saparova, yoshlar bo‘yicha mutaxassis X. Boyniyazova, matbuot kotibi R.N. Suvonov, shuningdek Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi harbiy bo‘limi boshlig‘i, kapitan F.Sh. Azamov ishtirok etdi.
Ular o‘quvchilar va pedagoglar jamoasiga Farmonning mazmun-mohiyati, milliy dastur doirasidagi vazifalar hamda yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berdilar.



