Joriy yilning 17-noyabr sanasida sertifikat imtihoniga tayyorlanayotgan talabgorlar uchun IIV Sirdaryo akademik litseyi ingliz tili fani o‘qituvchilari Mirzaqulov Elyor va Raxmonov Oybek tomonidan Speaking Mock imtihoni tashkil etildi.
Ushbu sinovning asosiy maqsadi — o‘quvchilarni real imtihon muhitiga yaqin sharoitda sinab ko‘rish, ularning nutq ko‘nikmalarini baholash va kamchiliklarini aniqlashdan iborat bo‘ldi.


Imtihon davomida:
📌 nomzodlarga real sertifikat imtihonida uchrashi mumkin bo‘lgan savollar berildi;
📌 jarayon to‘liq real exam talablari va vaqt reglamenti asosida olib borildi;
📌 har bir o‘quvchining javoblari tinglanib, ularga taxminiy ballar qo‘yildi;
📌 o‘qituvchilar tomonidan talabalarning kuchli va rivojlantirish zarur bo‘lgan jihatlari bo‘yicha batafsil feedbacklar berildi.
Imtihon yakunida o‘quvchilar 13 noyabr kunidagi imtihon va bugungi natijalari bilan tanishtirildi.



