Ushbu master-class xalqaro darajadagi ingliz tili mutaxassisi — Jamoliddin Tursunboyev tomonidan olib borildi. Tadbir davomida ishtirokchilar C1 darajasida akademik essay yozishning eng samarali strategiyalari bilan tanishtirildi.
📌 Workshopda:
— kuchli topic sentence yozish sirlaridan tortib,
— fikrni izchil rivojlantirish va dalillash texnikalarigacha,
— akademik leksikani to‘g‘ri qo‘llashgacha bo‘lgan barcha asosiy qadamlar batafsil yoritildi.
Eng e’tiborli jihat — mutaxassis tomonidan real IELTS savollariga asoslangan jonli sample essaylar yozib ko‘rsatildi. Bu esa ishtirokchilarga imtihon jarayonini amalda ko‘rish va yuqori ballga yo‘l ochadigan yozuv uslublarini o‘zlashtirish imkonini berdi.
✨ Workshop qiziqarli, interaktiv va nihoyatda ma’lumotga boy tarzda o‘tdi.
Yuqori natija sari qadam tashlamoqchi bo‘lgan o‘quvchilar uchun bu —aynan kerakli imkoniyat!




