2025-yil 18-noyabr kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan “Bayrog‘im – faxrim, g‘ururim, iftixorim!” mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirni IIV Sirdaryo akademik litseyi direktori, polkovnik F.Q. Ortiqboyev kirish so‘zi bilan ochib, Davlat bayrog‘ining tarixiy ahamiyati, uning mustaqillik va davlat ramzi sifatidagi o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.


Tadbirning maqsadi — o‘quvchilarda Vatanga muhabbat, sodiqlik, fidoiylik, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, ularning ma’naviy ongini yuksaltirishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, yoshlarni Vatan himoyasiga tayyorlik ruhida tarbiyalash qaratildi.
Tadbir yuqori ruhda, bayramona kayfiyatda o‘tdi va o‘quvchilarda davlat ramzlariga boʻlgan hurmat va g‘ururni yanada oshirishga xizmat qildi.



