Joriy yilning 18-noyabr sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyida 2-bosqich o‘quvchilarining bayon yozish darajasini aniqlash maqsadida diagnostik imtihon o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — o‘quvchilarning matn mazmunini anglash, asosiy g‘oyani aniqlay olish, uni izchil va mantiqiy shaklda qayta bayon eta olish ko‘nikmalarini baholashdan iborat bo‘ldi.

Imtihon jarayonida:
-yozma nutq madaniyati,
-mantiqiy fikrlash darajasi,
-imlo va punktuatsiya qoidalariga rioya etishi

kabi ko‘nikmalarini baholashga xizmat qildi.

Natijalar ayrim o‘quvchilar tomonidan imlo xatolari va fikrni izchil bayon etishda muammolar mavjudligini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, matnni qayta ishlash ko‘nikmasi yaxshi shakllangan o‘quvchilar ham aniqlandi

Mazkur imtihon o‘quvchilarning bayon yozish ko‘nikmalarini takomillashtirish va ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi muhim bosqich bo‘ldi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *