2025-yilning 13-noyabr kuni Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo akademik litseyida o‘quvchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, shuningdek, jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
O‘yin davomida jamoalar o‘z bilimi, tezkor fikrlashi va mantiqiy xulosalar chiqarish qobiliyatlarini namoyish etdilar. Savol-javoblar jarayonida ishtirokchilar o‘zaro bahs-munozara olib borishdi, bu esa musobaqani yanada qizg‘in va hayajonli tusga kiritdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, quyidagi jamoalar faxrli o‘rinlarni egalladilar:
🏆 1-o‘rin — 102-guruh o‘quvchilari jamoasi
🥈 2-o‘rin — 207-guruh o‘quvchilari jamoasi
🥉 3-o‘rin — 201-guruh o‘quvchilari jamoasi
Mazkur intellektual bellashuv o‘quvchilar orasida bilimga chanqoqlikni kuchaytirish, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish va ularni mustaqil fikrlashga undashda muhim ahamiyat kasb etdi.




