IIV Sirdaryo akademik litseyi “Tillar” kafedrasi ingliz tili fani o‘qituvchisi S.F.Rustamova tomonidan 105-guruhda “Improving integrated language skills” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

Dars davomida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion o‘qitish usullaridan keng foydalanildi. Xususan, o‘quvchilarning tinglash, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan CLT (Communicative Language Teaching), DM (Direct Method), ALM (Audio-Lingual Method) hamda GTM (Grammar-Translation Method) kabi metodlar dars samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘ldi.

Interaktiv mashg‘ulotlar, guruhli ishlar, “brainstorming” (fikrlar bo‘roni) va “peer-assessment” (o‘zaro baholash) kabi faol o‘qitish usullari orqali o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishi yanada ortdi. Bu esa ularning mustaqil fikrlash, erkin muloqot qilish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *