Joriy yilning 30-oktyabr sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyida “Tillarni o‘rganish” kafedrasi boshlig‘i Malika Mansurova tomonidan ona tili va adabiyot fanidan sinov imtihoni tashkil etildi.

📚 Mazkur sinov o‘quvchilarning fan bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash, shuningdek, milliy sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida o‘tkazildi.

✍️ Imtihon ikki bosqichda bo‘lib o‘tdi:
1️⃣ Birinchi bosqichda o‘quvchilar test topshiriqlarini bajardilar;
2️⃣ Ikkinchi bosqichda esa esse yozish orqali o‘z fikrini yozma shaklda ifodalash malakalarini namoyon etdilar.

📈 Ushbu sinov natijalari o‘quvchilarning o‘z ustida ishlash, bilimini chuqurlashtirish hamda yozma nutq madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *