Ingliz tili fanidan diagnostik test o‘tkazildi
🗓 2025-yil 31-oktyabr kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida 2-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida ingliz tili fanining grammatika bo‘limi bo‘yicha diagnostik test o‘tkazildi.
📘 Mazkur testdan ko‘zlangan maqsad — o‘quvchilarning grammatik bilim va qo‘llash ko‘nikmalarini aniqlash, ularni Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining test sinovlariga puxta tayyorlash hamda til bo‘yicha mavjud bilim darajasini baholashdan iborat.
✅ Test natijalari o‘quvchilarga o‘z bilimlarini tahlil qilish, kamchiliklarni bartaraf etish va grammatik tayyorgarlikni yanada mustahkamlash imkonini beradi.




