“Jaloliddin Manguberdi – jasorat va mardlik timsoli” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

🗓 2025-yil 31-oktabr kuni Oqoltin tumani 15-maktabida “Jaloliddin Manguberdi – jasorat va mardlik timsoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

📘 Tadbir Ichki ishlar vazirining 2024-yil 25-iyundagi 345-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida,
IIV Sirdaryo akademik litseyi Huquqiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi boshlig‘i PHD U.A. Qlichev,
15-maktab direktori J. Usmonov hamda
direktor o‘rinbosari Sh. Fayziyev hamkorligida o‘tkazildi.

🎙 Tadbir davomida “Jaloliddin Manguberdi – jasorat timsoli” va “Jaloliddin Manguberdining mo‘g‘il bosqinchilariga qarshi kurashdagi o‘rni” mavzularida mazmunli ma’ruzalar tinglandi.

🇺🇿 Uchrashuvning asosiy maqsadi — yosh avlodni milliy g‘urur, vatanparvarlik, mardlik va fidoyilik ruhida tarbiyalash, shuningdek, Jaloliddin Manguberdining tariximizdagi qahramonona jasoratini yodga olishdan iborat bo‘ldi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *