Joriy yilning 3 noyabr sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyda I bosqich oʻquvchilari oʻrtasida Geografiya fanidan viktorina boʻlib oʻtdi.               

Bellashuv litseyning “Umumta’lim fanlar” kafedrasining geografiya fani oʻqituvchisi F.Chinibayeva  boshchiligida olib borildi. Tadbir davomida oʻquvchilarga fanga oid turli mavzularda savollar berilib, ishtirokchilar jamoaviy bilim qobiliyatlarini namoyon etdilar.

🏆 Qizgʻin va murosasiz bahslar natijasida quydagi gʻoliblar aniqlandi:

🥇oʻrin: 105-guruh ;
🥈oʻrin: 108-guruh;
🥉 oʻrin: 102-guruh.

Bu kabi intellektual tadbirlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish va ularni ilmga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *