Joriy yilning 28-oktabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo akademik litseyining iqtidorli o‘quvchilari Sirdaryo tuman ichki ishlar bo‘limiga sayohat tashkil etishdi.

Sayohatning asosiy maqsadi o‘quvchilarda kasbiy yo‘nalish va sohaga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularni ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyati, kundalik xizmat jarayonlari hamda mas’uliyatli vazifalari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida o‘quvchilarga ichki ishlar organlarining tuzilmasi, xodimlarning xizmat burchlari, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashdagi roli va jamiyatdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Bunday tashriflar o‘quvchilarda vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati hamda huquqni muhofaza qilish sohasiga hurmat tuyg‘usini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *