25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan IIV Sirdaryo akademik litseyida bayram tadbiri tashkil etildi.


Tadbirda soha vakillari, litsey o‘qituvchilari hamda o‘quvchilar ishtirok etdilar. Bayramona muhitda o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, samimiy she’rlar va kuy-qo‘shiqlar yig’ilganlarga bayramona ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, qonunga hurmat va adolat tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida shunday tadbirlar kelgusida ham davom ettirilishi ko‘zda tutilgan.



