Joriy yilning 22- oktyabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining IIV Sirdaryo akademik litseyida Ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining PQ-274 sonli qarori ijrosi bo’yicha sportning voleybol turidan Viloyat Boshqarma boshlig’ining kubogi musobaqasi bo’lib o’tdi.
Musobaqada, litseyning 1-2-bosqich o’quvchilari ishtirok etishdi va uning yakunlariga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi:
🥇 1-o‘rin — 207-guruh jamoasi
🥈 2-o‘rin — 202-guruh jamoasi
🥉 3-o‘rin — 104-guruh jamoasi
G’oliblar musobaqa yakunida Viloyat Boshqarma boshlig’i tomonidam diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.
Mazkur sport tadbiri o‘quvchilarni jismonan chiniqtirish, irodasini kuchaytirish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga qaratildi.




