Joriy yilning 20-oktyabr sanasida IIV Sirdaryo akademik litseyi “Tillar” kafedrasi mudiri Malika Mansurova va litsey o‘quvchilari ishtirokida otaliqqa olingan Mirzaobod tumanidagi 25-maktabning 9-“A”, 10-“A” va 11-“A” sinf o‘quvchilari uchun 21-oktyabr — “O‘zbek tili bayrami” munosabati bilan “Til — millat ko‘zgusi” mavzusida ochiq darslar tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar uch kichik guruhga bo‘lingan holda faol ishtirok etdilar. Dars jarayonida tilimiz boyligi, uning millat hayotidagi o‘rni va ahamiyati yoritildi. O‘quvchilar til mavzusidagi maqollar tahlili, sinonimlarni aniqlashga oid topshiriqlarni bajarish, rasm asosida og‘zaki matn tuzish kabi qiziqarli mashg‘ulotlarda bellashdilar.

Mazkur ochiq dars o‘quvchilarda ona tiliga bo‘lgan mehr va hurmatni yanada oshirish, ularning nutq madaniyatini rivojlantirish hamda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *