Joriy yilning 13-oktyabr sanasida Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo akademik litseyida “Tillar” kafedrasi mudiri Malika Mansurova tomonidan ona tili va adabiyot fanidan bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida sinov imtihoni o‘tkazildi.

📌 Tadbirning asosiy maqsadi — o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash, ularda imtihon jarayoniga nisbatan mas’uliyat va tayyorgarlikni oshirishdan iborat bo‘ldi

✅ Sinov davomida o‘quvchilar ona tili va adabiyot fanining nazariy hamda amaliy jihatlari bo‘yicha test topshiriqlarini bajarishdi. Natijalar tahlili ularning o‘zlashtirish darajasini ko‘rsatib, kelgusi darslarda o‘quv jarayonini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Bunday sinov imtihonlari o‘quvchilarning mas’uliyatini oshirish hamda ularni milliy sertifikat imtihoniga puxta tayyorlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *