2025-yil 15-oktabr kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida Guliston davlat pedagogika instituti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari R.Azimova va O.Mansurova tomonidan “Yangi metodlarni dars mashg‘ulotlarida qo‘llash yo‘llari” hamda “Ilg‘or o‘qitish usullaridan samarali foydalanish” mavzularida seminar-trening tashkil etildi.

Tadbir davomida loyiha va muammoga asoslangan ta’lim, “flipped class”, gamifikatsiya, STEM ta’lim kabi zamonaviy o‘qitish metodlarining afzalliklari tushuntirilib, ularni amaliyotga tatbiq etish yo‘llari muhokama qilindi. O‘qituvchilar o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini inobatga olib, darslarni samarali tashkil etish uchun foydali tavsiyalar oldilar.

Seminar jarayonida ishtirokchilar yangi pedagogik yondashuvlar haqida bilimlarini boyitib, o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbir metodik jihatdan foydali bo‘lib, o‘qituvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *