Yurtimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ommaviy sportni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda joylarda muntazam ravishda sog‘lomlashtirish tadbirlari va marafonlar tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 11-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Sirdaryo akademik litseyida “Sport – sog‘lom xalq, sog‘lom jamiyatning tayanchi va ustunidir” shiori ostida navbatdagi “5 000 qadam” yurish marafoni hamda ommaviy badantarbiya mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda litsey o‘quvchilari va pedagog-o‘qituvchilar faol ishtirok etib, sog‘lom hayot tarzining ahamiyati, jismoniy faollik va muntazam harakatning inson salomatligidagi o‘rni haqida amaliy misollar orqali targ‘ibot ishlari olib borildi.

Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng ommalashtirish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, jismoniy chiniqish darajasini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *