Joriy yilning 8-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2025-yil 31-iyuldagi 288-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi IIV Sirdaryo akademik litseyida sport musobaqalari, fan to‘garaklari hamda “Zakovat” intellektual o‘yini g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Tadbir davomida o‘zining bilim, salohiyat va iqtidorini namoyon etgan o‘quvchilarga litsey direktori tomonidan diplomlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Taqdirlash marosimida ta’kidlanganidek, o‘quvchilarning erishgan natijalari ularning tinimsiz mehnati, intilishi va mas’uliyatli yondashuvining samarasi hisoblanadi. Shuningdek, ularning yutuqlari litsey jamoasi tomonidan yuqori e’tirof etildi

Mazkur tadbir o‘quvchilarda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularni ilm-fan va sport sohalarida yuksak marralarni egallashga va ruhlantirishga xizmat qiladi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *