So‘nggi yillarda yurtimizda xorijiy tillarni o‘rganish va yoshlarni zamonaviy kasblar va chet tillariga o‘qitish tizimi takomillashmoqda. Yoshlar o‘zi tanlagan yo‘nalishning yetuk mutaxassisi bo‘lishi uchun esa til bilish darajasini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishlari zarur.

Ana shunday iqtidorli yoshlardan — IIV Sirdaryo akademik litseyining 202-guruh o’quvchilari Umirbekov Dostonbek Rustam o’g’li va Eshmurodov Javlonbek Shuxrat o’g’li hamda 104-guruh o’quvchisi Nuriddinova Dilnura Jamol qizi ingliz tilini bilish darajasi bo’yicha B2 sertifikatini qo’lga kiritdilar.

👏 Litsey rahbariyati Umirbekov Dostonbek, Eshmurodov Javlonbek va Nuriddinova Dilnurani ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, qolgan o’quvchilarimizni ham o’z bilimlarini oshirib, milliy va xalqaro sertifikatlar egasi bo’lishlariga undaydi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *