Joriy yilning 25-sentabr kuni IIV Sirdaryo akademik litseyining birinchi va ikkinchi bosqich o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual bellashuvi tashkil etildi. Tadbirda o‘quvchilar o‘z bilim va mantiqiy tafakkurini sinovdan o‘tkazib, zukkolik va tezkor fikrlash ko‘nikmalarini namoyish etdilar.

O‘yinda qatnashchilar turli mavzularda berilgan savollarga javob berish orqali jamoaviy hamkorlik, analitik fikrlash va ijodiy yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantirdilar. Savollar nafaqat darslik mavzularini qamrab oldi, balki o‘quvchilarning tafakkurini kengaytirishga, qaror qabul qilish tezligini oshirishga qaratildi.

🏆Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘olib deb topilgan jamoalar:
🥇1-oʻrin 201-guruh oʻquvchilari
🥈2-oʻrin 108-guruh oʻquvchilari
🥉3-oʻrin 207-guruh oʻquvchilari

Ushbu tadbir yoshlar bilimini sinovdan o‘tkazish bilan birga, ularning intellektual qiziqishi, musobaqaviy ruhini va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *