O‘zbekiston Respublikasi IIV ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamentining 2025-yil 17-sentyabrdagi 2/5071-sonli ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 25-sentyabr kuni “Jasorat maktablari”ning “Jasorat sinfi” o‘quvchilarining tantanali va’da berish marosimi o‘tkazildi.



Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo akademik litseyi “Vatanparvar” jamoasi o‘quvchilari faol ishtirok etib, o‘zlarining jangovar ko‘rgazmali chiqishlarini namoyish etdilar. Ularning chiqishlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
📌 Ushbu tadbir yoshlar qalbida vatanparvarlik, mardlik va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga, ularni yuksak ma’naviyat va iroda bilan tarbiyalashga xizmat qildi.


