IIV Sirdaryo akademik litseyida o‘quvchi qizlarning yashash sharoitlari va tarbiyaviy muhitini yanada mustahkamlash maqsadida muntazam nazorat ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Mamatkulova Nasiba hamda litseyning amaliy psixologi Azizova Xumora qizlar turar joyiga tashrif buyurishdi. Ular yashash xonalarining gigiyenik holati, ovqatlanish tartibi, dam olish va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish sharoitlarini ko‘zdan kechirishdi.

Tashrif davomida qizlar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning dars jarayonidagi ishtiroki, psixologik kayfiyati va turli muammolari haqida fikr almashildi. Shuningdek, ma’naviy-axloqiy tarbiya, ijtimoiy faoliyat va o‘zaro do‘stona muhitni mustahkamlash yuzasidan tavsiyalar berildi.

Bunday tashriflar qizlarning yanada intiluvchan, ijtimoiy faol va mustaqil fikrlovchi bo‘lib ulg‘ayishiga xizmat qiladi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *