IIV Sirdaryo akademik litseyida Sirdaryo tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik Abdullayev Oybek Turg‘unovich hamda litsey o‘quvchilari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Suhbat davomida o‘quvchilarga qonunlarga hurmat ruhida yashash, tartib-intizomga qat’iy rioya qilish, huquqbuzarlik va turli salbiy illatlardan yiroq bo‘lish, shuningdek, bilim olish va maqsad sari intilishning ahamiyati borasida kerakli maslahat va tavsiyalar berildi.


