Joriy yilning 24-sentyabr kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida o‘quvchi-qizlar ishtirokida muhim tarbiyaviy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirni litseyning xotin-qizlar raisi Mamatkulova Nasiba olib bordi.

Majlis davomida o‘quvchilarga ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari batafsil tushuntirildi. Xususan, darslarga o‘z vaqtida kelish, mashg‘ulotlarda faol qatnashish, o‘quv muassasasi mulki va jihozlariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, shaxsiy gigiyenaga rioya qilish hamda jamoada sog‘lom muhitni saqlash kabi masalalarga alohida urg‘u qaratildi.

Shuningdek, ichki tartib qoidalariga qat’iy amal qilishning ahamiyati alohida ta’kidlanib, bu jarayon o‘quvchilarda intizomni mustahkamlashi, ta’lim samaradorligini oshirishi va ularning barkamol shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qilishi qayd etildi.

📌Tadbirning asosiy maqsadi — o‘quvchi-qizlarni tartib-intizomli, mas’uliyatli, odobli bo‘lishga undash hamda ular orasida milliy va ma’naviy qadriyatlarga hurmat ruhini kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *