Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda milliy qadriyatlarga hurmat va yurtga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida IIV Sirdaryo akademik litseyida “Ona Vatan ranglar jilosida” tanlovi o‘tkazildi.

Mazkur tanlov orqali o‘quvchilarda Vatanimizning boy tarixi, madaniyati va an’analariga qiziqish uyg‘otildi, tabiat go‘zalliklari hamda yurtimizning ulkan imkoniyatlari bilan faxrlanish tuyg‘usi yanada kuchaytirildi.

“Ona Vatan ranglar jilosida” tanlovi o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, erkin fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularni ma’naviy barkamol shaxslar etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *