O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2025-yil 31-iyuldagi 288-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida IIV Sirdaryo akademik litseyida sportning arqon tortish, stol tennisi, estafeta, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha I va II bosqich o‘quvchilari o‘rtasida musobaqalar tashkil etildi.

Musobaqalarda jamoalar o‘z jismoniy tayyorgarligini sinovdan o‘tkazib, iroda kuchi hamda jamoaviylik ruhini namoyon etdilar.

Tadbir doirasida, shuningdek, “Zakovat” intellektual o‘yini ham o‘tkazilib, o‘quvchilar o‘z bilim va tafakkur salohiyatini namoyish etish imkoniga ega bo‘ldilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *